Bugun, 12-mart kuni soat 09:56 da Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yongʻin sodir boʻldi, deya xabar FVB.
Hodisa joyiga 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 10:05 da oʻrab olingan va soat 10:14 da oʻchirildi.
Maʼlum boʻlishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan 85 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.