Korxonada jami 3,5 ming bosh qoramol (2,4 ming bosh sigir, 1,1 ming bosh turli yoshdagi), 2,0 ming boshdan ziyod naslli echkilar parvarish qilinmoqda.
Xoʻjalik tomonidan kunlik 22 tonna sut ishlab chiqarilib, shundan 15 tonnasi qayta ishlashga yoʻnalitirilmoqda. Jumladan, sutdan tvorog, smetana, yogurt, pishloq kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Tadbirkor Faxriddin Ismoilov rahbarligidagi maskanda naslchilik, chorvachilik mahsulotlarini koʻpaytirish, yem-xashak bazasini mustahkamlash kabi jarayonlar zamonaviy uslubda kompleks mexanizatsiyalashtirish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda.
Korxonada 270 kishi ish bilan taʼminlangan boʻlib, fermer xoʻjaligi tomonidan Germaniyadan sut yoʻnalishi boʻyicha “Zaanen” zotli naslli echkilar olib kelingan.
Joriy yilda fermer xoʻjaligi tomonidan Daniyadan 400 bosh naslli qoramol, Fransiyadan 1000 bosh naslli echkilari keltirildi.