Jumladan, Tomdi tumanida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro O.I. va boshqalar “Bessopan” sanoat maydoni hududida tarkibida 315,1 gramm oltin moddasi boʻlgan, umumiy bahosi 569,8 mln soʻmlik 5 200 kg maʼdanli toshlarni noqonuniy ravishda qazib olgan vaqtda ushlandi. Mazkur mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Konimex tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar T.T. va T.Gʻ. “Karakata” hududida oltin izlovchilar usulida maxsus uskunalar orqali qum va tosh tarkibidan oltin ajratib olish bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlandi.
Shuningdek, Xatirchi tumanidagi “Zarafshon” mahallasi hududida oʻtkazilgan tadbirlarda fuqaro U.R.ning xonadonda qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shugʻullangani fosh etildi. Undan tarkibida oltin zarralari boʻlgan 160 kg qum-tosh ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yana bir holatda fuqaro S.X. ham mazkur mahalla hududida shunday noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanib kelgani aniqlanib, undan 300 kg qum-tosh musodara qilingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz, oltin izlovchilar usulida qazib olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.