Shunday qilib, birgina o'tgan yil ichida mazkur qimmatbaho metall narxi deyarli 80 foizga, besh yil ichida deyarli 170 foizga oshdi.

Investorlar uchun “xavfsiz boshpana” bo'lgan oltin narxi geosiyosiy keskinliklar, Tramp ma'muriyati tomonidan olib borilgan tarif urushlari va rivojlanayotgan mamlakatlardagi markaziy banklar tomonidan qimmatbaho metallni zaxiralar uchun faol sotib olishlari sharoitida talabning oshishi tufayli tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. Dollarning zaiflashishi va AQSh federal rezerv tizimining asosiy foiz stavkasini pasaytirish niyati ham metallni yanada jozibador qiladi.

Yetakchi global investitsiya banklari 2025-yil oxirida oltin narxining yanada o'sishini bashorat qilishdi, chunki uning narxini belgilovchi asosiy omillar saqlanib qolmoqda, deb xabar berdi rg.ru.

J.P. Morganning o'sha paytdagi hisob-kitoblariga ko'ra, oltin narxi 2026-yilda bir untsiyasi uchun 5200-5300 dollarga yetishi mumkinligi aytilgandi, Bank of America esa yakshanba kuniyoq qayd etilgan oltin narxining 5000 dollarlik chegarasini 2026-yilga mo'ljallagan edi. Ba'zi tahlilchilarning fikricha, bir untsiya oltin narxi ikki yil ichida 10 000 dollardan oshishi mumkin.