Oltinsimon qorag‘at, qulupnayning yangi navlari yaratildi

    Oltinsimon qorag‘atning yangi 3 ta naviga — “Uzbekskaya sladkaya”, “Oydin” va “Yodgor”ga patent olindi.

    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining olimlari qorag‘at o‘simligining yangi navlarini yaratish, uning seleksiyasi, agrotexnikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib bormoqda.

    Izlanishlar natijasida, oltinsimon qorag‘atning yangi 3 ta naviga: “Uzbekskaya sladkaya”, “Oydin” va “Yodgor”ga patent olindi. Bu navlar yuqori hosildorligi, tashishga layoqatliligi, chidamliligi, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlarga boyligi bilan ajralib turadi.

    Qorag‘atni fevral oyining oxiri-mart oyi boshidan o‘suv davri boshlanadi. U aprelning birinchi o‘n kunligida gullay boshlaydi. Oltinsimon qorag‘at erta hosil beradigan o‘simlik, u ekilgandan so‘ng ikkinchi yili hosilga kiradi.