Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, olxoʻri eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,1 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olxoʻri eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 28,2 ming tonna

Rossiya – 16,4 ming tonna

Qirgʻiz R. – 1,9 ming tonna

Belarus – 102,2 tonna

2022-yilning 8 oyida xorijga eng koʻp olxoʻri eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 15,5 ming tonna

Surxondaryo viloyati – 6,7 ming tonna

Samarqand viloyati – 5,5 ming tonna