Bir xil mazmundagi 2 murojaat oʻrganilganda, har ikkala murojaatchi va “Mohir qurilish servis” MCHJ oʻrtasida 2020-yilning may oylarida bir hafta mobaynida qiymati tomorqa maydoniga 6,5 mln soʻm boʻlgan 100 kv m issiqxona qurib berish boʻyicha shartnoma imzolangani. Lekin nomaʼlum sabablarga koʻra shartnoma talablari oʻz vaqtida bajarilmagani, natijada esa buyurtmachilar bu mavsumda rejalashtirilganidek foyda ololmaganliklari aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasida shartnomada zararni kamroq miqdorda toʻlash nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqi buzilgan shaxs oʻziga yetkazilgan zararning toʻla qoplanishini talab qilishi mumkinligi belgilangan.
Mazkur murojaatlar Ombudsman nazoratiga olingach, tuman prokuratura organlari xodimlari orqali murojaatchilarga yetkazilgan zarar miqdori toʻliq undirildi va ularning issiqxonalari bir hafta muddatda toʻliq kurilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.