Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan asosiy islohotlar va Ombudsman faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, Sebastyan Shik Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha yangi strategiyasi ishlab chiqilayotgani va shu munosabat bilan tomonlar oʻrtasida yanada yaqinroq muloqot oʻrnatish muhimligini alohida taʼkidladi. Xususan, u energetika sohasidagi hamkorlikka toʻxtalib, uni ikki mamlakat iqtisodiy hamkorlik strategiyasining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab, yaqin yillarda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga umid bildirdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.