Ishlanma DF-COV-01 deb nomlandi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, dori vostasidagi oqsilning muayyan qismi faollashganda virusga qattiqroq singadi hamda organizmda ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Bu orqali dori vositasi virus tuzilishiga qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlarni keltirib chiqaradi — u hujayraning yuqori qismida patogenning ACE2 retseptorlari bilan bog'lanishi hamda ularni zararlashining oldini olish uchun oqsillarni shikastlaydi. Ko'pgina koronaviruslar infeksiyasi uchun ACE2 bilan o'zaro ta'sirlashish talab qilganligi sababli, preparat barcha mavjud shtammlar va hatto kelajakdagi shtammlar uchun ham samaralidir.

DF-COV-01 dori vositasini ishlab chiqish jarayoni deyarli yakunlangan bo'lsa-da, hali odamlarda sinovdan o'tkazilmadi. Hozirgi vaqtda klinik sinovlarni tasdiqlash uchun zarur qadam bo'lgan ulardan oldingi tadqiqotlar olib borilmoqda.