Qayd etilishicha, burun bitishi, bosh og'rig'i, charchoq, hid bilish qobiliyati va ishtahaning yo'qolishi mazkur shtammda kuzatilayotgan asosiy alomatlar hisoblanadi.

Shu bilan birga, 20 ta alomatlar orasiga endi qulog' og'rig'i ham kiritildi.

“Agar eshitish qobiliyatining zaiflashishi, quloq shang'illashi, bosh og'rig'i bilan bog'liq holatga duch kelsangiz, bunga e'tiborsiz qaramang. Test topshiring. Ba'zi COVIDga chalingan bemorlarimizda eshitish qobiliyatining yo'qolishi bilan bog'liq alomatlar kuzatilmoqda”, deya qayd etdi Stenford universiteti xodimi, doktor Konstantin Stankovich.

Bundan avvalroq, tez-tez aksirish Omikronda eng ko'p kuzatiladigan alomatlardan biri ekani xabar berilgan edi, deb yozadi korrespondent.net.