"Омикрон"ни блокловчи антитана топилди

    Qatar davlatida joylashgan nufuzli Ueyl Kornell tibbiyot kolleji tadqiqotchilari SARS-CoV-2 ning barcha shtammlari, xususan, "omikron"ni bloklovchi S728-1157 nomli yangi antitanani topganini maʼlum qildi. Bu haqda SSV yozmoqda.

    Xabarga koʼra, jonivorlarda oʼtkazilgan dastlabki sinovlar shuni koʼrsatdiki, ushbu antitanalar orqali amalga oshiriladigan muolaja burun boʼshligʼi va oʼpkada virusli zarrachalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

    Olimlar xulosasiga koʼra, S728-1157 antitanasi koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo boʼlishi bilan samaradorligi pasayib borayotgan anʼanaviy monoklonal davolash usulining muqobili boʼlishi mumkin.

    Yangilik navbatdagi bosqichda insonlarda klinik sinovdan muvaffaqiyatli oʼtishi kerak. Shundan soʼng u tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

    Shifokorlar kasallikni davolashdan koʼra, uning oldini olgan afzal, degan yakdil fikrda. Bu borada hozircha COVID-19 ga qarshi vaktsinalardan samaraliroq vositalar yaratilgani yoʼq.