Omikronning kutilmagan alomati

    Kon'yunktivit koronavirusning omikron shtammi belgisi bo'lishi mumkin. Bu haqda britaniyalik terapevt Nina Aslam ma'lum qildi.

    Mutaxassis koʻzdagi hujayra retseptorlari yordamida koronavirus organizmga kirib borishi mumkinligini taʼkidlagan. Ushbu retseptorlar koʻzning toʻr pardasi, koʻzning oq qismi va qovoqlarni qoplaydigan hujayralarda joylashgan boʻladi.

    Shifokorning taʼkidlashicha, konyunktivit hatto kasallik alomatsiz kechayotgan paytda ham yuzaga kelishi mumkin. Konyunktivit — allergik reaksiya yoki infeksiya (virusli, kamdan-kam hollarda bakterial) natijasida kelib chiqqan koʻz shilliq qavatining yalligʻlanishi.

    Adenovirus, enterovirus, gerpetik, bakterial, xlamidiya, allergik, oʻtkir va surunkali konyunktivit mavjud. Kattalarda uchraydigan kasalikka 85 foiz adenovirus va faqat 15 foiz holda bakteriyalar sabab boʻladi. Bolalarda bakterial va adenovirus konyunktivitlari bir xil tebranishda uchraydi.

    Avvalroq mutaxassislar kuchli tomoq ogʻrigʻi, burun bitishi, quruq yoʻtal, isitma, kuchli zaiflik va bosh ogʻrigʻi omikronning asosiy belgisi ekanini aytgandi.

    Oʻtgan yilning noyabr oyi oxirida Bosvana va Janubiy Afrikada koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammi aniqlangandi. U S-oqsilidagi oʻnlab mutatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, SARS-CoV-2 genomidagi koʻplab yangi oʻzgarishlar ushbu variantning yuqori oʻtkazuvchanligi va kasal boʻlgan hamda emlanganlarning himoya antitanachalariga chidamliligini koʻrsatdi. B.1.1.529 dastlab immunitet tanqisligi boʻlgan, masalan, OIV bilan kasallangan odamda paydo boʻlgani taxmin qilinadi.