Ilk bor shu yilning yanvar oyida aniqlangan mazkur shtamm hozir asosan Hindistonda avj olmoqda. Hatto mamlakatning baʼzi hududlarida aholi yana tibbiy niqob taqishga majbur boʻlyapti.
Yaponiyaning Tokio universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasida XBB.1.16 versiyasi “kraken” deb atalgan XBB.1.5 subvariantidan 1,2 baravar yuqumliroq ekanligi aniqlandi.
Qolaversa, yangi mutatsiya asosan immunitet tizimining ishlashiga toʻsqinlik qiladi, degan taxmin ilgari surilyapti. Ekspertlar xulosasiga koʻra, “Arktur” yaqin kelajakda butun dunyo boʻylab dominant variantga aylanishi mumkin. Buning oldini olish uchun kasallikka qarshi emlanish eng samarali chora, deb baholanmoqda.