Unda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, tuman hokimi Uskenboy Atemov, imom-domlalar, mahalla faollari ishtirok etdi.
Mazkur jome masjidi bir asrdan ziyodroq tarixga ega bo'lib, 1900-1902 yillarda qurib bitkazilgan.
1992 yil yong'in natijasida jomega katta zarar yetadi va 1993 yilda hashar yo'li bilan qaytdan ta'mirlanadi.
Ma'lumot uchun aytish joizki, eski masjidning sig'imi 200–250 kishilik bo'lgan. Yangidan qurilgan ushbu maskanga bir vaqtning o'zida 600 kishi bemalol ibodat amallarini ado etish imkoni yaratildi.
“Alloh taolo yangi masjidni mo'min-musulmonlarga muborak qilsin”, deya xabar qoldiradi O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi Axborot xizmati.