Ushbu murojaatlarning 14 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 7 tasi oʻrganib chiqish uchun nazoratga olindi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan 1-sinfga qabul va uning tartibi, farzandini oʻqishini bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish hamda ish bilan taʼminlash kabi masalalarda murojaat qilindi.
Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek vazirlik masʼul xodimlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi hamda tuman rahbarlari qabul davomida fuqarolarning barcha murojaatlariga batafsil javob berdi.