Unda koronavirus pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyotining 2021-yilning birinchi yarmidagi rivojlanishiga oid atroflicha maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.

Taʼkidlanganidek, butun jahonda koronavirus pandemiyasi davom etayotayotganiga qaramasdan joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston iqtisodiyoti soʻnggi yillarda eng yuqori darajadagi oʻsish surʼatlariga erishdi. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga oʻsdi.

“Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan mamlakatlar iqtisodiyotlarida ham yarim yillik soʻngida barqarorlik, oʻsish kuzatilmoqda, - deb yozadi Oʻmon nashri. - Garchi sabzi, oziq-ovqat, yogʻ kabi ayrim mahsulotlarning narxlarida oʻsish kuzatilgan boʻlsa-da, Oʻzbekistonda isteʼmol mahsulotlari jabhasida inflyatsiya darajasi sekinlashishda davom etmoqda”.

Iqtisodiyotga investitsiyalar oqimi joriy yilning birinchi choragida ijobiy oʻsuvchanlikni koʻrsatdi. Asosiy fondlarga investitsiyalar oʻtgan yilning shu davrida deyarli 5,9 foizga pasayishiga qarshi 10 foizga oshdi. Markazlashtirilgan mablagʻlar hisobiga investitsiyalarni markazlashtirilmaganlariga nisbatan jalb qilishni kamaytirish tendensiyasi mavjud. “Investitsiyalarning salmoqli oqimi tijorat banklari tomonidan jalb qilingan kreditlar, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijdan kredit mablagʻlarining oʻsishi bilan bogʻliq”, - deb yozadi nashr.

Dunyo AA muxbirining taʼkidlashicha, Oʻmon gazetasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarishning ijobiy dinamikasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuzatilayotgani, asosiy drayverlar - sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari boʻlib qolayotganini alohida qayd etgan.

Maqolada qayd etilishicha, respublika tashqi savdoda ham pasayishni bartaraf etishga muvaffaq boʻldi. Joriy yilning birinchi yarmida tashqi savdo hajmi 13,6 foizga oʻsdi va 18 milliard dollarni tashkil etdi.

“Eksport tarkibida xorijiy mamlakatlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish asosan kimyoviy mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, mashinalar va transport uskunalari hisobiga toʻgʻri keladi. Ushbu koʻrsatgichlarga koʻra, yarim yillik yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston iqtisodiyoti inqiroz oqibatlarini faol yengib, yuqori oʻsish surʼatlarini namoyish qilmoqda”, - deb taʼkidlagan “Asdaa Oman”.