“Dunyo“ AAning xabar berishicha, muloqot chogʻida madaniy-maʼrifiy sohada Oʻzbekiston-Oʻmon munosabatlarining holati va istiqbollari, ikki mamlakat muzeylari oʻrtasidagi aloqalarni jadallashtirish, xususan birgalikda koʻrgazmalar tashkil etish, eksponatlarni saqlash boʻyicha tajriba almashish, mutaxassislar uchun seminarlar oʻtkazish, qoʻshma ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va boshqalar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar Igor Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi va Oʻmon Milliy muzeyi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish istiqbollari muhokama qildilar.
Mamlakatimiz elchisi Oʻmon Milliy muzeyi rahbariyatini Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiya markazining boʻlajak ochilish marosimida yurtimiz tarixiga oid eksponatlar bilan ishtirok etishga taklif etildi.
Oʻmon tomoni mazkur tadbirda qatnashishga tayyorligini bildirdi va Oʻzbekiston muzeylari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdorligini tasdiqladi.