Bu haqda NDTV telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, qutqarilgan ekipaj a'zolarining sakkiz nafari Hindiston va bir nafari Shri-Lanka fuqarosidir.
Hindiston elchixonasi O'mon rasmiylari bilan doimiy aloqada ekanligini va qidiruv-qutqaruv operatsiyasi O'mon dengiz xavfsizligi markazi tomonidan muvofiqlashtirilayotganini aytdi. Hindiston harbiy-dengiz kuchlari ham hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
15-iyul kuni Komor orollari bayrog'i ostida suzgan neft tankeri O'mon qirg'oqlari yaqinida halokat signalini uzatgani avvalroq xabar qilingan edi. Aden portiga yo'l olgan kema bortida 16 kishidan iborat ekipaj bo'lgan, deb xabar beradi report.az.