Tadbirda ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi vatandoshlar, bu yerda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻzbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.
Madaniy-maʼrifiy kechada Alisher Navoiyning boy ilmiy meʼrosi, oʻzbek tili rivoji va jahon adabiyotida tutgan beqiyos oʻrni haqida soʻz yuritildi.
Yigʻilganlar buyuk shoir ijodidan mutolaalar qilib, gʻazal va ruboiylaridan parchalar oʻqidi.
Anjumanda faol ishtirok etgan yurtdoshimiz Shahodat Toʻrayevaga “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” taqdim qilindi.
Adabiy kecha yakunida “Alisher Navoiy haqida qiziqarli faktlar” nomli film namoyish etildi.