29-iyulda boshlangan Xalqaro trening O‘zbekistonning Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaBSIATM)da o‘tkazilyapti. Mazkur tadbir ikki mamlakatning yirik tibbiyot tashkilolarining hamkorligida tashkil etilgan.
Rossiyalik trenerlar guruhi 8 nafar ekspertlardan tarkib topgan.
Treningning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv mashg‘ulotlari tibbiy stimulyatorlarni qo‘llagan holda olib borilyapti. 30 kishidan iborat ishtirokchilar tarkibini akusher-ginekologlar, neonatologlar, shuningdek, tibbiy muassasalar rahbarlaridan iborat 3 ta guruh tashkil etadi.
Trening ochilishida RIOvaBSIATM direktori Natalya Nadыrxanova ta'kidlaganidek, rossiyalik hamkasblarimizning yurtimizga tashrif buyurib, yetarli darajada o‘zbek mutaxassislarini jalb etish yo‘li bilan bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilg‘or tajriba almashinuvi juda muhim. Bu olingan bilim va ko‘nikmalarini boshqalarga — mamlakat hududlaridagi ko‘p sonli mutaxassislarga bera oladigan trenerlarni tayyorlash imkonini beradi.
V.I. Kulakov nomidagi Markazning bo‘lim boshlig‘i tibbiyot fanlari doktori yelizaveta Xamatxanova so‘zlariga ko‘ra, bu kabi xalqaro treninglar 2011-yilda 10 ta mamlakat bilan hamkorlik qilishdan boshlangan bo‘lib, bugun qaryib, 44 ta mamlakatni qamrab oladi.
Treninglar bir qator mamlakatlarning Barqaror rivojlanish maqsadlariga, bugun esa Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishga intilishining bir qismi bo‘lib qoldi. Ayniqsa onalar va bolalar o‘limini kamaytirish yo‘nalishi kabi muhim masalada.
Aynan mana shu maqsadda bundan 12 yil avval Moskvada « Xalqaro simulyasion markaz ochilganida ish Moskvaga bir qator mamlakatlar mutaxassislarini o‘qishga taklif qilishdan boshlangan edi. Bugun esa bu qamrov ikki baravarga ko‘paygan. Chunki Rossiya Federatsiyasining yetarli tajriba orttirgan ekspertlari bevosita o‘zlari boshqa mamlakatlarga chiqib, joylarda bugungi trening kabi o‘quvlar olib borishlari mumkin.
«Va albatta bu ishda biz asosiy e’tiborni Rossiyani umumiy o‘tmishi bo‘lgan MDH mamlakatlariga, xususan, O‘zbekistonga qaratamiz. Bu mamlakatlar hamisha ustuvorlikka ega bo‘ladilar, ular uchun Moskvada o‘qishga ko‘p kvotalar ajratiladi. Bunday o‘quvlarda qo‘lga kiritgan yutuqlarini qo‘llashi kerak bo‘lgan milliy trenerlar institutini rivojlantirish juda muhim. Bunday trenerlar Moskvaning Xalqaro simulyasion markazida yiliga bir yoki ikki marta yangilangan treninglar o‘tash imkoniga ega bo‘ladi. Bu yangi ilm va uslublarni muntazam tarqatish jarayonini kengaytirish imkonini beradi. Shifokorlarni o‘qitishdan tashqari tizim bo‘linmalari rahbarlarini ham o‘qitish zarurdir. Busiz siljish bo‘lmaydi», — deya ta'kidlaydi ye. Xamatxanova.
Ona va bola salomatligi markazining poytaxt va viloyatlardan kelgan mutaxassislari uchun o‘qish 3 avgustga qadar davom etadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.