«Sogʻliqni saqlash tizimida menejment» kursining dastlabki 40 soatini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaBSIATM) tomonidan Rossiya Federatsiyasining «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universiteti mutaxassislari jalb etilgan.
Kursning ochilishida menejment sohasidagi zamonaviy bilimlar mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligini sezilarli darajada oshirish, mamlakat ahliga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatni yangi sifat darajasiga chiqarish imkonini berishi taʼkidlandi.
Haqiqatdan ham xalqaro tajriba va turli darajadagi tibbiyot muassasalarini boshqarish uslublari haqida bilish zamonaviy Oʻzbekiston mutaxassislari uchun dolzarb. Bu haqda xususan, kursda qatnashayotgan RIOvaBSIATM filiallari rahbarlari fikr bildirdilar.
Xorazm filiali rahbari Salomat Matyakubovaning fikricha, menejment sohasidagi zamonaviy bilimlar muhim qarorlarni tez va toʻgʻri qabul qilish imkonini beradi. Bu esa tugʻruqqa yordam tizimida juda zarurdir.
«Albatta, boshqarish xislati tajriba va koʻnikmalar tufayli shakllanadi, lekin mazkur kurs yuzaga keladigan vaziyatlarga yana boshqa nuqtayi nazarlardan qarash imkonini berdi. U qanday qilib zamonaviy bilimlar asosida vazifalar qoʻyish va ularning yechimini topishni koʻrsatdi», — deb taʼkidladi mutaxassis.
RIOvaBSIATM Andijon filiali direktori Dildora fikricha, menejment boʻyicha olingan yangi bilimlarni yanada tarqatish kerak. Va buni u oʻz muassasasida amalga oshirmoqchi.
RIOvaBSIATM direktori Natalya Nadыrxanova taʼkidlaganidek, kursni oʻtkazish boʻyicha «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universitetini tanlash qaroriga koʻp izlanishlardan keyin kelindi. Sohaning hamma ekspertlari ham aynan «Sogʻliqni saqlash tizimida menejment» yoʻnalishida yetarli bilimga ega emas. OIM MTIning ustunlik tomoni shundaki, u bu yerda dars oʻtishga Moskvada, Perm, Valdaydan ekspertlarni, shuningdek, bevosita yirik Rossiya tibbiyot tashkilotlari rahbarlarini jalb eta oldi. Bu esa ekspertlar va auditoriya oʻrtasida «bitta kasb tilida» muloqot yuzaga kelish imkonini berdi.
Nima uchun sogʻliqni saqlashga bugun menejment bilimi bu darajada zarurligi va uning nozik tomonlari haqida «OIM» milliy tadqiqot universitetini (Perm) direktori Yelena Shadrina fikri bilan oʻrtoqlashdi.
- Zamonaviy menejmentni oʻrganish va uni qoʻllash — bu rahbar uchun
samarali jarayonni shunday tashkil eta bilish kerakki, bunda odamlar bor mahoratini ishga solib ishlashi kerak, haqiqiy jarayonga jalb etilish kerak, uni tushunishi va oʻz tashkiloti imkoniyatlarini boshqalar bilan oʻrtoqlashishi kerak. Aynan mana shunda haqiqiy natija boʻladi. Davlat va xususiy kompaniyalar bino uchun, uskunalar uchun, tibbiy buyumlar va boshqa narsalar uchun katta mablagʻ sarf etadi. Lekin samarali ishlash va maksimal darajada unumdorlikka erishish uchun bu resurslarni toʻgʻri boshqara bilish ham kerak. Aslini olganda sogʻliqni saqlashdagi menejment mana shunga oʻrgatadi, — deb taʼkidladi E. Shadrina.
Uning taʼkidlashicha, har qanday darajadagi tibbiy muassasaning muvaffaqiyati uni toʻgʻri boshqara bilishga bogʻliq ekan. Mazkur kurs boshqaruv vazifasini ham oʻtayotgan tibbiy rahbar xodimlarga oʻz muassasasini boshqarish tizimini oʻzlashtirib olishi uchun, bu boshqaruvni qisqa va uzoq istiqbolga rejalashtirishni oʻrganish uchun yordam berishni maqsad qilgan. Chunki strategik rejalashtirishsiz tashkilotni kelajakda toʻgʻri rivojlantirib boʻlmaydi. Shuning uchun bilim va zamonaviy menejmentni qoʻllash ayniqsa sogʻliqni saqlashda muhim. Sogʻliqni saqlash esa, maʼlumki, millatning salomatligi va farovon hayotining, yaʼni uning kelajagining shakllantirilishiga xizmat qiladi.
Shuni qoʻshimcha qilamizki, Oʻzbekistonda, Ona va bola markazi bazasida Sogʻliqni saqlash menejmenti markazini tashkil etish rejalashtirilyapti. Markazning asosiy vazifasi mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizim uchun tizimli ravishda menejerlar tayyorlashdan, menejment sohasida rahbar xodimlarning malakasini oshirishdan iborat boʻladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.