Joriy yilda viloyat perinatal markazida 20 milliard 180 million soʻmlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, qabul diagnostika, laboratoriya, poliklinika va asoratli homiladorlar boʻlimlari binolari barpo etildi.
Perinatal markazga viloyat mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismidan kam invaziv texnologiyalar asosida davolash ishlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida zamonaviy laparoskop va gisteroskop apparatlari keltirildi. Laboratoriya yangi qon tahlili analizatori bilan jihozlanib qoʻshimcha 7 xil turdagi qon tahlillarini aniqlash imkoniyati paydo boʻldi, deb xabar beradi Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Natijada yiliga 300 nafardan ziyod ayollarning Toshkent shahridagi markazlarga borib ortiqcha ovoragarchilik hamda xarajat qilishlarini oldi olindi va shu joyning oʻzida davolash imkoniyati yaratildi.