Agentlik sayti orqali Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620, boshlangʻich bahosi 281,7 mlrd.soʻm), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622, boshlangʻich bahosi 92,1 mlrd.soʻm) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621, boshlangʻich bahosi 160,5 mlrd.soʻm) bino-inshootlari yangi Onkologiya markazining birlashgan kompleksini qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʻyilgan edi.
Bugungi kunda, mazkur obyektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, tegishli topshiriqqa asosan, Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini auksion orqali sotish jarayoni toʻxtatildi va savdodan olib tashlandi.