IT Park Direksiyasi yaqinda oʻz majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi, deya xabar beradi IT Park axborot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qaroriga muvofiq, Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinadi, soliq imtiyozlari esa belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilinadi.

Hozirgi kunda IT Park rezidentlari sifatida 466 ta IT-kompaniya faoliyat koʻrsatmoqda.

Taʼkidlash joizki, IT Park rezidentlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

- Nizomning faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
- IT Park Direksiyasiga har chorakda faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining yillik auditini oʻtkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park Direksiyasiga yuborish;
- Rezidentning IT Park Direksiyasi bilan ishlash shartlari toʻgʻrisidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.