Ushbu telekanallarni televizordan topish uchun “avtoqidiruv” (avtopoisk) tugmasini bosish lozim. Telekanllar roʻyxatida “1-4-sinflar”, “5-8-sinflar”, “9-11-sinflar” telekanallari paydo boʻladi.
“Onlayn maktab” loyihasi orqali vaqtincha maktabga bormayotgan bolalar darslarini oʻzlashtirib borishlari mumkin, deya xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.
Ushbu darslarni shuningdek Xalq taʼlimi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali orqali ham berib boriladi.