Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 42 foizga koʻpdir.
Toʻlangan soliqlar umumiy hajmining 94 foizi quyidagi 10 ta yirik xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:
- Meta – 22,6 milliard soʻm
- Apple – 22,1 milliard soʻm
- Google – 19,4 milliard soʻm
- OpenAI – 2,9 milliard soʻm
- Booking.com – 1,9 milliard soʻm
- TikTok – 1,8 milliard soʻm
- Netflix – 896,2 million soʻm
- Acca – 797,1 million soʻm
- Zoom – 786,7 million soʻm
- Adobe – 530,8 million soʻm
Mazkur maʼlumotlar Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanayotganini hamda soliq tizimi global raqamli kompaniyalar bilan samarali ish olib borayotganini koʻrsatadi.
Maʼlumot uchun, elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari har chorakdan soʻnggi oyning 20-kuniga qadar soliq hisobotlarini taqdim etishi va belgilangan miqdordagi soliqlarni toʻlashi lozim.









