Qoʻrgʻontepa tumani Sultonobod shaharchasida istiqomat qiluvchi Sohiba Abbosova jigar xastaligiga chalingan edi. Xastalikni davolash, bemor hayotini saqlab qolishning yagona yoʻli Hindistonda jigar koʻchirish operatsiyasini oʻtkazish edi.
Buning uchun 30 ming AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi talab etildi. Bemorni moddiy qoʻllab-quvvatlagan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning yordami sababli shifo topgan yana bir nechta insonlar haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari fikrlar bildiryapti.
Salomatlikda kutilmagan oʻzgarishlar yoki turli xastaliklarning paydo boʻlishi kabi holatlar oila va yaqinlar qatorida, rahbariyat vakillarini ham yetarlicha tashvishlantirib keladi.
Xususan, Andijon viloyatida bu mavzu bir necha bor oʻz isbotini topmoqda, deb yozmoqda Qoʻrgʻontepa tuman hokimligi matbuot xizmati.