Oʻzbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi.
