7 iyun` kuni taxminan soat 15:30 da IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida, Qibray tumani Tanovar ko'chasida yashovchi 67 yoshli Q.T. xonadonida yashirin ravishda 19  dona 12x76 kalibrli ichi to'ldirilgan butun holdagi patronlar, 9 dona 12x76 kalibrli gil`zalar, ikki xil turdagi taxminan  og'irligi 100 gr yonuvchi porox va har xil turdagi taxminan vazni 1,5 kgni tashkil qiluvchi sochma o'q-dorilar, shuningdek o'q-dorilar yasash uchun mo'ljallangan 8 turdagi  detal` va moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Sud ballistik ekspertiza xulosasida fuqaro Q.T. ning uyidan olingan patronlar otish uchun yaroqli, gil`zalar esa otish uchun yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti

Axborot xizmati