Oq oltinda “uz.hunarmand-ta’lim” loyihasi joriy qilinmoqda

    Investitsiyalar 5 Iyun 2020 2385

    Bu borada Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan yuborilgan ishchi guruxi a'zolarining tashabbuskorligi muhim kasb etmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938 sonli "Jamiyatida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish ,maxalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash xamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora -tadbirlari to'g'risida "gi Farmonida belgilab berilgan xotin -qizlarning bandligin ta'minlash, mexnat sharoitlarni yaxshilash, ularni tadbirkorlikka, xunarmandchilikka keng jalb etish xamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 13 martdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish to'g'risidagi” KQ-20-IV-sonli Qarorining 2-ilovasi, 46-52-bandlarini amalga oshirish borasida Respublikamizda maqtovga arzigulik amaliy ishlar qilinmoqda.

    Bu borada Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan yuborilgan ishchi guruxi a'zolarining tashabbuskorligi muhim kasb etmoqda. Ular joriy yilning 3 iyun` kuni Oqoltin tumaniga tashrif buyurib ma'sul xodimlarga, aholi bandligini ta'minlash, ayniqsa, xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish orqali bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o'rgatish, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Hunarmand” uyushmasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan xamkorlikda amalga oshirilayotgan "Uz. hunarmand-ta'lim" loyihasini keng joriy qilish bilan bog'liq masalalar muxokama qilinib ma'sul xodimlarga topshiriq berilgan edi.

    "Oydin yo'l" gazetasi

    Bugun ana shu topshiriq ijrosi yuzasidan Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi bo'lim mudiri Karima Norqulova Oqoltin tumanida tashrif buyurdilar. Tuman markazidagi A.Navoiy va Saxovat mahallasidagi ko'p yillardan buyon hunarmandchilik bilan shug'ullanib kelayotgan malakali hunarmandlar Nafisa Djulieva, Feruza Aminova, Surayyo Abdug'anieva, Matluba ergasheva, Ismoilova va SHohista Normatovalar bilan uchrashib "Ustoz-shogird "yo'nalishida biriktirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi, “Uz.Hunarmand-ta’lim” loyihasini keng omma orasida joriy etish va targ'ibot olib borish, ishlash istagida bo'lgan ishsiz xotin-qizlarga kasb sirlarini o'rgatish xamda ish o'rinlarini ko'paytirish borasida yo'l-yo'riq, ko'rsatma berdilar va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

    Xotin -qizlarimiz katta kuch, ular ish bilan band qilinsa, ularga e'tibor qaratilsa, har jabhada o'zlarining mexnati bilan o'rnak ko'rsata oladilar. Buning uchun harakat, bilim, hunar va imkoniyat berilsa bo'lgani.