“Prezident tinchlikka e'tibor qaratganini ochiq aytdi. Bizga hamkorlarimiz ham shu maqsadga sodiq bo'lishlari kerak... Yechimga hissa qo'shishiga ishonch hosil qilish uchun yordamimizni to'xtatib, ko'rib chiqmoqdamiz”, deya Oq uy matbuot kotibidan iqtibos keltiradi Washington Post gazetasi.
Avvalroq Fox News telekanali Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib, Tramp Kiyev tinchlik muzokaralariga sodiqligini namoyon etmaguncha AQSh Ukrainaga barcha harbiy yordamni to'xtatayotganini ma'lum qilgandi. Telekanalning aniqlik kiritishicha, gap yordamni butunlay to'xtatish haqida emas, faqat vaqtinchalik to'xtatib turish haqida ketmoqda.
Blumberg ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Ukraina hududida bo'lmagan Amerika harbiy texnikasini yetkazib berilishi, jumladan, samolyot va kemalarda bo'lgan, shuningdek, Polshadagi tranzit zonalarida kutilayotgan qurollar ham to'xtatiladi, deb xabar beradi ria.ru.