Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kogon tumani boʻlimlari tomonidan IIB bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. fuqaro Sh.ni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetga oʻqishga kiritib, keyinchalik vakolatli tanishlari orqali oʻqishini Oʻzbekistondagi universitetlardan biriga koʻchirib berish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.