Tadbirda fuqaro Q.N. boshqa bir fuqaro Sh.ni goʻyoki Davlat test markazida ishlovchi tanishi orqali oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga 7 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan Toshkent shahrida davom etgan tadbirda, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.B. fuqaro Sh.ni Namangan muhandislik texnologiya institutining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.