Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi Sh.E. fuqaro B.T. va E.J.larni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.