Tadbirda “Ajiniyoz” nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. fuqaro X.N.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.