Oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

    Ta'lim 14 Iyul 2025 738

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Oʻzbekiston davlat Xoreografiya akademiyasiga kirish uchun oʻtkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shuningdek, Departamentning Norin tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning ishonchiga kirib, uni Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga 3 kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.