Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti xodimi F.X. fuqaro Sh.ni ushbu universitetda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyishni 4 000 AQSH dollariga kelishib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.