Oʻqishga kiritishga boʻlgan yana bir urinish fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.K. va O.X.lar oʻzaro til biriktirib, firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar D.M. va O.U.larning ishonchiga kirishib, ularni Toshkent Davlat agrar universitetiga shartnoma asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 
4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.K. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.