Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Talabalar oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga koʻchirish boʻyicha oʻtkazilgan test sinovi natijasidan norozi boʻlgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim, — deyiladi xabarda.