Maʼlum qilinishicha, oʻqituvchiga buyrak transplantatsiyasi amaliyoti lozim boʻlib, jarrohlik amaliyoti hamda undan keyingi davrdagi muoalajalar uchun katta mablagʻ talab etiladi.
Maʼlumotga koʻra amaliyotning oʻziga 60 million soʻmdan ortiq mablagʻ talab etilyapti.
Maktabgacha va maktab taʼlimi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Sherzod Dolimov kecha bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga maʼlum qilgan.
Shundan soʻng holat viloyat hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olinib, masʼullarga bemorga lozim boʻlgan mablagʻ ajratilishi yuzasidan topshiriq berildi. Murakkab jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar viloyat sogʻliqni saqlash sohasi mutasaddilari ishtirokida taʼminlanadigan boʻldi.