O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi munosib hissasi, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, yurtimizda ta’limga oid investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan

    Raximov Xamidjon Mamajonovich - Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Farg‘ona viloyati

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan

    Boyqobilova Lobar Toshtemirovna - Oqdaryo tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

    Egamberdiyev Atabek Ro‘zimovich - Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Abdullayev Maxmudjon Muxamedovich - Toshkent davlat texnika universitetining mexatronika va robototexnika kafedrasi professori

    Orazimbetova Guldarixa Kdirbayevna - Qorao‘zak tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Suvanov Omon - Guliston davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Xushmatov Raxmatullo Rabbimovich - Samarqand shahridagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 61-maktab-internatining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

    Shukurov Maxmanazar Karimovich - Yakkabog‘ tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Tadjibayeva Ma’muraxon Ashuraliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Abdullayev Shavkat Vaxidovich - Namangan davlat universitetining kimyo kafedrasi professori, Namangan viloyati

    Axmedova Muattar Abduvaxitovna - Qibray tumanidagi «Imkon» ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Toshkent viloyati

    Baltabayev Alimkul Egamberdiyevich - Sayxunobod tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Bo‘tayev Qaxramon Nig‘matovich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining akademik xonandalik bo‘limi bosh o‘qituvchisi

    Ziyayeva Moxidil Baxtiyorovna - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Kazimova Roxila Rozikovna - Tayloq tumanidagi 41-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati

    Karimova Mavludaxon Sharobutdinovna - Oltinko‘l tumanidagi «Al Impex garant» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, Andijon viloyati

    Kasimov Fayzullo Muxamadovich - Buxoro davlat pedagogika institutining boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori, Buxoro viloyati

    Pirmatova Rano Ninniyevna - Sherobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Umaraliyeva Mamuraxon Tashxodjayevna - Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Abdushukurov Anvar Kabirovich - O‘zbekiston Milliy universitetining organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori

    Azarenko Igor Timofeyevich - V.A.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo‘limi o‘qituvchisi

    Azimov Raxim Azizboyevich - Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

    Volfgang Anton Herrmann - «Yangi O‘zbekiston» universitetining faxriy prezidenti

    Drujinina Yelena Sergeyevna - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiysi

    Ibrohim Said Abdulla Ali Alhajri - Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti prezidenti

    Ismatillayev Xabibulla - Oltinsoy tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Kadirova Adiba Raxmonovna - Shahrisabz shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    King Stefen Richard - «Cambridge University Press & Assessment» tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha bosh koordinatori

    Qalbayeva Naubahar Perdebayevna - Nukus tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Marsden Abbey Nikole - Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

    Mirjalilova Gulbaxor Miraxmonovna - Chust tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

    Mirzakulov Batirjon Kazakbayevich - Mirzacho‘l tumani hokimi, Jizzax viloyati

    Rassell Heyli Daniel - Mirobod tumanidagi 175-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

    Sayfutdinov Anvar Nazarovich - Mirobod tumani hokimi, Toshkent shahri

    Saparova Guldar Jusupaliyevna - Bo‘ka tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

    Sultanova Shaxida Yuldashevna - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining akademik litseyi ijrochi direktori

    Uvarova Vera Yurevna - Toshkent shahridagi «Novda Edutainment» mas’uliyati cheklangan jamiyatining gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i

    Usmanova Nodira Soxibovna - Qarshi shahridagi 2-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedi, Qashqadaryo viloyati

    Xasanov Baxtiyor Temirovich - Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

    Xafizova Sayyora Baxtiyarovna - Navbahor tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining o‘rinbosari, Navoiy viloyati

    Shamusarov Sharustam Giyazovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining arabshunoslik oliy maktabi professori

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Abduraxmanova Surayyo Mirzamaxmutovna - Uchqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati

    Azimova Nargiza Fagimovna - Paxtakor tumani sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Jizzax viloyati

    Artikov Urol Yusupovich - Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati

    Zakirova Dilnoza Sharifovna - Buxoro turizm va madaniy meros texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

    Kamolova Shohzoda Fayzullayevna - Navoiy shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabining robototexnika to‘garagi rahbari, Navoiy viloyati

    Musayev Saminjon Aliyevich - Uchko‘prik tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

    Ruzikulov Ravshan Raxmatulloyevich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi

    Soliyev Anvarxuja Maqsudovich - Yangiyo‘l tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

    Choriyev Faxriddin Urolovich - Qamashi tumanidagi 2-sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, Qashqadaryo viloyati

    «Shuhrat» medali bilan

    Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich - Dang‘ara tumanidagi «D.I.Mendeleyev» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Farg‘ona viloyati

    Abdullayeva Fotima Baxromovna - Jizzax shahridagi «Jizzakh International School» xususiy maktabi direktori, Jizzax viloyati

    Amanov Baxtiyar Xushbakovich - Chirchiq davlat pedagogika universitetining genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri, Toshkent viloyati

    Amanova Zulxumor Mutalovna - Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

    Axmedova Hafiza Hakimovna - Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

    Axunova Tamara Uktamovna - Buloqboshi tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

    Berdiyorova Xurshida Jambulovna - Koson tumanidagi 95-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Bobanazarov Sherbay Abdiraxmanovich - Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Boboyev Maqsud Mahmudovich - Jondor tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

    Boltayeva Lola Abduvohidovna - Yunusobod tumanidagi 273-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

    Djabbarov Ruzmat Allanazarovich - Xiva shahridagi 121-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    Jalelov Ilxam Klishbayevich - Qonliko‘l tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Jalilov Behzod Murotovich - Toshkent shahridagi «Target international school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari

    Janiqulov Ma’ruf Maxsud o‘g‘li - Forish tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

    Jurayeva Feruza Baxodirovna - Vobkent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

    Zanjirova Xurshida Maxmudovna - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

    Zikirova Sanam Kilichevna - Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi enagasi, Qashqadaryo viloyati

    Kamalitdinov Jobir Nuritdinovich - Davlatobod tumanidagi «Aisha Home Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

    Karimov Eldor Erkinovich - G‘uzor tumanidagi 1-politexnikumi direktori, Qashqadaryo viloyati

    Mamajonova Zoxidaxon Tursunovna - Norin tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

    Mirzayeva Raxima - Farg‘ona shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

    Mirzaxmedov Ulugbek Uyirbekovich - Bo‘stonliq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

    Nasirova Shaira Narmuradovna - Navoiy davlat universitetining raqamli texnologiyalar kafedrasi professori, Navoiy viloyati

    Norqo‘chqarova Salima Normuminovna - Qumqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Orazbayev Jurabek Ibadullayevich - Ellikqal’a tumanidagi «Sarabiy» o‘quv markazi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Po‘latov Rashidjon Raximovich - Beshariq tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

    Saydaxmatova Xalimaxon Ismoilovna - Quva tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati

    Salayev San’atbek Kamilovich - Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

    Salimov Xaytboy Mirzayevich - Marhamat tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

    Salomov Umid Firdavsiyevich - Samarqand shahridagi «Anvar Zamon Nur» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

    Samadova Gulbahor Saidmuradovna - Jizzax shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

    Samiyeva Nafosat Kamolovna - Kitob tumanidagi 3-oilaviy bolalar uyi rahbari, Qashqadaryo viloyati

    Sarsenbayeva Uldaulet Ansatbay qizi - Bo‘zatov tumanidagi 20-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Sultanova Gulnora Alimbayevna - Urganch shahridagi 18-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Xorazm viloyati

    Sultonov Jaxongir Xasanjon o‘g‘li - O‘zbekiston tumanidagi «Edu fly» o‘quv markazi rahbari, Farg‘ona viloyati

    Sultonov Sulton Istamovich - Buxoro shahridagi 24-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

    Temirov Anvar G‘ayrat o‘g‘li - Samarqand shahridagi «Yuksalish quruvchi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

    Tillayev Alisher Xasanovich - «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining «International House-Tashkent» akademik litseyi direktori

    Tishlikova Dilnora Maxmudovna - Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Turg‘unov Bekzod Mirzamaxmud o‘g‘li - Chortoq tumanidagi «Stanford LC» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Namangan viloyati

    Umarova Ozodaxon Israilovna - Jalaquduq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

    O‘tanov Shuhrat Qo‘shmurodovich - G‘allaorol tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

    Xaknazarov Farxad Mamaraximovich - Guliston tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Xamidov Xayrullo Ismoilovich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining metallurgiya kafedrasi professori, Navoiy viloyati

    Xamidova Gulnoza Baxtiyorovna - Zomin tumanidagi «Iqtidorlilar» xususiy maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

    Xo‘janiyozova Umida Qalandarovna - Urganch tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    Shin Yelena Petrovna - Bekobod shahridagi 11-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Toshkent viloyati

    Shoberdiyev Omon Abdixoliqovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi 1-politexnikumning maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Shodmonova Marhabo O‘ktamovna - Qiziltepa tumanidagi 1-politexnikumning maxsus fan o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

    Egamberdiyev Sanjar Usanbayevich - Shirin energetika texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Sirdaryo viloyati

    Elmirzayev Parvoz Pardayevich - Kitob tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Ergashev Sherzod Shodibek o‘g‘li - Jizzax shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

    Yavidov Bahram Yangibayevich - Nukus davlat pedagogika institutining fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev