Hamkorlikdagi dastur Toshkentning uchta, 144-sonli, 217-sonli hamda 222-sonli maktablarni texnika bilan taʼminlashdan boshlandi.
Hozirgi kunda ӯqituvchilarni noutbuk va planshetlar bilan taʼminlash imtiyozli dasturi faqat Toshkentning ӯzidagina emas, balki Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilyapti.
Bugungi kunda mazkur dasturni Buxoro, Jizzax va Ӯzbekistonning boshqa shaharlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Shuningdek taklif etilayotgan jihozlar assortimentini kengaytirish imkoniyati kӯrib chiqilyapti, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.