Tezkor tadbirda viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi boʻlim uslubchisi B.I. umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari O.T. va Sh.Q.ni malaka toifasi olish uchun oʻtkazilayotgan attestatsiya test sinovlaridan tanishlari yordamida oʻtkazib berish evaziga 1 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.