— Shu yilning 1-oktyabriga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha boshlangʻich boʻlinmalari, umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda grippga qarshi bepul emlanadi.
Emlash uchun zarur mablagʻlar 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida nazarda tutilgan hamda boshqa qoʻshimcha manbalar hisobidan oʻtkaziladi.