Unga koʻra, joriy yilning 8-iyun kuni taxminan soat 15.30 larda Uchtepa tumanidagi maktablardan birida shu maktabning 9-sinf oʻquvchisi 2008-yilda tugʻilgan S.S. va oʻqituvchi 1999-yilda tugʻilgan S.B. oʻzaro ogʻzaki gap talashib qolgan va oʻqituvchi S.S.ni bir marotaba shapaloq bilan urgan.

Shundan soʻng oʻquvchining akasi – 10-sinf oʻquvchisi 2006-yilda tugʻilgan S.S. kelib oʻqituvchi S.B.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

Ayni paytda mazkur holati yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishi Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Tergov yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi va aybdor shaxsga nisbatan qatʼiy chora koʻrilishi taʼminlanadi.