Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu MCHJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga toʻsqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda “qora roʻyxat”ga kiritish bilan qoʻrqitib, agarda 500 AQSH dollari bersa, kelgusida MCHJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. soʻm olgan.
Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.