— Qurilish jarayonini tashkil etishda zudlik bilan qurish kerak bo'lgan, bunyodkorlik salohiyat yuqori, aholi tomonidan juda ham tez sotib olingan uylar qurilishi zarurligini hisobga oldik, — degan SH. Hidoyatov, — Masalan, Oqoltin tumani “SHodlik” mahalla fuqarolar yig'inidagi 20 ta uyni Whitecity Construction quradi. Bu kompaniya CHilonzor tumanidagi Oqtepa mavzusida hamda Sergeli tumanida monolit uylar, Talabalar shaharchasida o'qituvchilar uchun turarjoylar qurgan. Bu kompaniyaning qurgan uy-joy narxlari ham, mutaxassislari ham talabga to'g'ri keladi. Jarayonda yangi texnologiyalar qo'llanishi tufayli ko'p mutaxassislari turklardan iborat.

Ikkinchi quruvcht tashkilot — “ekoPark” korxonasi. U “Tapoich” hududi ro'parasida ekouylar quryapti. YAna, Taraqqiyot ko'chasida ham qurilish olib boryapti.

Uchinchisi — «Gold step invest». Bu korxona juda ko'p uylar qurgan. Bittasi Qorasuv dahasida. SHuningdek, Al-Xorazmiy maktabini ham shu korxona qurgan.

SHu uchta korxona tanlab olinib, ularga asosiy shartlar qo'yilib, tezlik bilan zamonaviy, energiya tejamkor va sifatli uylar qurish talabi qo'yilgan. Hozirgi kunda loyihalash ishlari bilan parallel ravishda mobilizatsiya ishlari ham boshlab yuborilgan. Ular quradigan uylarning narxi boshqalarga nisbatan arzonroq.