Aniqlanishicha, haydovchi “Neksiya” rusumli avtomashinasini koʻrsatilgan yoʻlining 9 kilometrida Guliston- Uchtom yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotib tezlik yuqori boʻlganligi sababli rul boshqaruvini yoʻqotib qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga oʻtib ketib, ushbu yoʻnalishda kelayotgan “Niva Shevrolet” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib yoʻl transport hodisasi sodir etgan.

Natijada yongʻin kelib chiqib, transport vositalari butkul yonib ketgan.

Haydovchilarga yongʻindan zarar yetmagan, YTX natijasida haydovchilar yengil tan jarohati olib Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.