Oqqayin yog'ochlari zararsizlantirildi

    Mamlakatimizda 23 Sentabr 2020 601

    Toshkent yuk saroyi chegara maskanida Rossiyadan keltirilgan yog'och mahsuotlari tekshirilganda zararkunandalar mavjud ekani aniqlandi.

    Bu haqda ”O'zdavkarantin” inspektsiyasining rasmiy telegram kanalida ma'lum qilindi.

    Tadbirkor olib kelgan uchta vagonda umumiy hajmi 249 m3 bo'lgan oqqayin yog'och mahsulotlarini o'simliklar karantini inspektorlari 12 430 standardi asosida tekshirganda po'stloqxo'r qo'ng'iz borligi aniqlandi.

    Tezkor choralar tufayli mutaxassislar oqqayin yog'och mahsulotlarini zararsizlantirdi.