Shu bois, viloyat va tumandagi hokimlik va tashkilotlar rahbarlari paxta dalalarida boʻlib, mavsum ishtirokchilariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar hamda terimchilarning ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Viloyat qishloq xoʻjaligi mutaxassislarining taʼkidlashicha, joriy yilda paxtadan moʻl hosil yetishtirishga muvaffaq boʻlindi. Gʻoʻzaning serhosil, ertapishar, turli kasallik va zararkunandalarga chidamli “S- 6524”, “Sulton”, “Namangan -77”, “Porloq”, “Buxoro -102” navlari parvarishlandi.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, viloyatda bu yil 73 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilingan boʻlib, har bir gektar maydondan 31, 5 sentnerdan qimmatbaho sanoat xomashyosi yetishtirish koʻzda tutilgan. Jami 229,6 ming tonnalik paxta xirmoni bunyod etish rejalashtirilgan.